2025-10-08

MINI-GRANTLAR TANLOVI E’LONI

NNTlar uchun mini-grantlar tanlovi

“Tashabbuslar instituti” (O‘zbekiston) va “Saferworld” (Qirg‘iziston) xalqaro nodavlat tashkiloti hamkorligida, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida “O‘zbekiston Respublikasidagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyihaning umumiy maqsadi

O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining (FJT) davlat organlari bilan hamkorlik qilish salohiyatini kuchaytirish hamda ularning faoliyatini milliy va mintaqaviy rivojlanish rejalariga integratsiya qilish orqali mamlakatda inklyuziv va barqaror rivojlanishga ko‘maklashishdagi roli va hissasini oshirishdan iborat.

Tanlov shartlari

  • Ishtirokchilar: Tanlovda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi NNTlar ishtirok etishi mumkin.
  • Byudjet: Tanlovga taqdim etiladigan loyiha miqdori 5 000 yevrodan oshmasligi kerak.
  • Davomiyligi: Loyiha muddati 4 oygacha davom etishi lozim.
  • Mavzular: Tanlov mavzulari chegaralanmagan. Arizalar ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan har qanday sohada qabul qilinadi.

Yo‘nalishlar uchun namunalar (lekin bular bilan cheklanmaydi):

  • Inson huquqlari va gender tengligi: Xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikka qarshi kurashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish.
  • Inklyuziv rivojlanish: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga integratsiyasi, ularning bandligini ta’minlash va to‘siqsiz muhit yaratish.
  • Ekologiya va barqarorlik: Hududlardagi ekologik muammolarni hal etish, “yashil” tashabbuslar va aholining ekologik madaniyatini oshirish.
  • Davlat va jamiyat qurilishi: Mahalliy davlat organlari bilan hamkorlikda qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
  • Raqamli transformatsiya va innovatsiyalar: NNT faoliyatiga IT-texnologiyalarni joriy etish, ijtimoiy muammolarni hal qilishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish.
  • Ijtimoiy tadbirkorlik: Aholi bandligini oshirishga qaratilgan kichik ijtimoiy loyihalar va kasb-hunarga o‘rgatish markazlarini tashkil etish.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar va hujjatlar:

  1. Bitta NNTdan faqat bitta ariza qabul qilinadi.
  2. NNTlar hech qanday siyosiy kuchlar (partiyalar, harakatlar, yetakchilar va h.k.) bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
  3. Hujjatlar ro‘yxati: To‘ldirilgan ariza, ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi, Nizom nusxasi va Excel formatidagi byudjet.
  4. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, soliq qarzdorligi yo‘qligi haqida ma’lumotnoma va bank sertifikati talab qilinadi.

Baholash mezonlari (100 ballik tizim)

Barcha arizalar dastlab tanlov shartlariga muvofiqligi bo‘yicha tekshiriladi, so‘ngra komissiya tomonidan quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

№

Baholash mezoni

Ballar

1

Loyiha maqsadlari, vazifalari va kutilayotgan natijalar o‘rtasidagi bog‘liqlikning asoslangani. Muammoning dolzarbligi.

25

2

Davlat organlari, mahalliy hamjamiyat yoki boshqa hamkorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va ularning ishtiroki.

15

3

Loyihada yangi uslublar, raqamli vositalar yoki muammoning innovatsion yechimlaridan foydalanilganligi.

15

4

Loyiha haqida jamoatchilikni xabardor qilish strategiyasi va maqsadli guruhlarning (benefisiarlar) aniq qamrab olinishi.

15

5

Rejalashtirilgan xarajatlarning bozor narxlariga mosligi, asoslangani va belgilangan limitga (5 000 yevro) rioya qilingani.

15

6

Grant muddati tugagandan so‘ng loyiha natijalarining saqlanib qolishi va faoliyatning davomiy bo‘lish ehtimoli.

15

Arizalarni topshirish tartibi:

Hujjatlar 2026-yil 20-aprel soat 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) elektron pochta orqali qabul qilinadi: info.iceinitiatives@gmail.com

Tanlov bo‘yicha savollar uchun: https://t.me/Shohruh2701
Fayllarni yuklab olish: Ariza shakli, Loyiha byudjeti

← Back