
Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "Saferworld" tashkiloti hamkorligida “O‘zbеkiston bo‘ylab Fuqarolik jamiyati tashkilotlarining (FJT) hozirgi ehtiyojlari, muammolari va salohiyatini aniqlash” dasturi doirasida respublikamizning turli hududlarida qator uchrashuvlar tashkil etildi.
Xususan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm NNTlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishlarda hududlarda fuqarolik institutini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha fikr almashildi.
Takliflar yig‘ilib, kelgusidagi ishlar rejasi tuzib olindi.
← Back