
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, nodavlat notijorat tashkilotlarining salohiyatini oshirish hamda davlat organlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim loyiha doirasida mini-grantlar tanlovi yakunlandi.
Mazkur loyiha Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti tomonidan “Saferworld” xalqaro nodavlat tashkiloti hamkorligida hamda Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalaga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy мақсади — fuqarolik jamiyati tashkilotlarining institutsional va dasturiy imkoniyatlarini mustahkamlash, hududiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyat hayotida NNTlarning faol ishtirokini kengaytirishdan iborat.
Loyiha doirasida respublikaning barcha hududlarida seminar-treninglar tashkil etilib, yuzlab nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari zamonaviy yondashuvlar, jamoatchilik nazorati, ijtimoiy loyihalarni boshqarish hamda fuqarolik faolligini oshirish yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi. Shuningdek, malakali trenerlar guruhi shakllantirildi.
Mini-grantlar tanlovi esa loyiha doirasidagi eng muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. Tanlovga O‘zbekistonning barcha hududlaridan 100 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zlarining dolzarb, innovatsion va ijtimoiy аҳамиятга ega loyihalari bilan иштирок etdi. Arizalar ekspertlar tomonidan sinchkovlik bilan baholanib, jamiyat rivojiga amaliy hissa qo‘sha oladigan eng munosib tashabbuslar saralab olindi.
Tanlov g‘oliblari:
HAMROH NNT — “Yashil maktab” loyihasi (Andijon viloyati)
“Yuksalish” harakati hududiy bo‘linmasi — “Buxoro viloyatida 9 ta ijtimoiy-iqtisodiy sohada jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish” (Buxoro viloyati)
O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi — “Men va mening huquqlarim” (Farg‘ona viloyati)
“YETAKCHI” yoshlar markazi — “NNTlarni yangi zamonaviy usullardan foydalanib rivojlantirish” (Jizzax viloyati)
Tadbirkor oila markazi — “Xotin-qizlar va yoshlarning himoya huquqi — bu adolat poydevoridir” (Namangan viloyati)
Barqaror rivojlanish maqsadlari ijtimoiy tashabbuslar markazi — “Toza suv — umrga foyda” (Navoiy viloyati)
Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi — “Zo‘ravonliksiz oila — baxtli jamiyat” (Qashqadaryo viloyati)
Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi — “Ayol taqdiri: sahna orqali muloqot” (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
Nogiron ayollar uyushmasi Paxtachi tuman hududiy bo‘limi — “Adolat hamma uchun” (Samarqand viloyati)
RIAM “Istiqbolli Avlod” — “Tenglik hududi: gender tengligini targ‘ib qilishda erkaklar va o‘g‘il bolalarning ishtirokini kuchaytirish” (Sirdaryo viloyati)
“Ayol va Shodlik” NNT — “Imkoniyat va innovatsiya” (Surxondaryo viloyati)
O‘zbekiston nogiron ishbilarmon ayollar milliy assotsiatsiyasi — “Inklyuziv raqamli olam” (Toshkent shahri)
Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi (Bo‘ka tumani) — “Ijtimoiy tadbirkorlik” (Toshkent viloyati)
“Istiqbol” ayollar markazi — “Himoya va istiqbol” (Xorazm viloyati)
Mazkur tashabbuslar fuqarolik jamiyati institutlarining hududlardagi faolligini oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, gender tengligi, ekologiya, inklyuziya, ijtimoiy tadbirkorlik va jamoatchilik nazorati kabi muhim yo‘nalishlarda amaliy natijalarga erishishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti barcha g‘oliblarni samimiy tabriklaydi hamda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda ularga ulkan zafarlar tilaydi. Ishonamizki, ushbu tashabbuslar jamiyatimiz taraqqiyoti, fuqarolik faolligini oshirish va hududlarni barqaror rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.
Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti matbuot xizmati
← Back